Loyiha
Uy parametrlari asosida loyiha g‘oyasini shakllantirish va tayyor loyihalarni tanlash.
UY QURAMIZ — uy qurishni rejalashtirayotgan insonlar uchun loyiha, 2D/3D ko‘rish, tayyor loyihalar va qurilish xizmatlarini bir platformaga jamlashga qaratilgan loyiha.
UY QURAMIZUy qurish uchun raqamli platformaKo‘pchilik uchun uy qurish — ko‘plab qarorlar, hisob-kitoblar va xizmatlarni izlashdan iborat murakkab jarayon. Biz bu jarayonni bitta tizimga yig‘ishni maqsad qilganmiz.
Uy parametrlari asosida loyiha g‘oyasini shakllantirish va tayyor loyihalarni tanlash.
Rejani tushunish, xonalarni joylashtirish va uyning ko‘rinishini 3D formatda tasavvur qilish.
Qurilish agentliklari, do‘konlar va boshqa xizmatlarni bosqichma-bosqich platformaga ulash.

Yangibayev Xurshed Xurshedovich — “UY QURAMIZ” loyihasini zamonaviy texnologiyalar yordamida odamlarning orzudagi uylarini qurish jarayonini yanada oson, qulay va shaffof qilish maqsadida rivojlantirmoqda.
Bizning maqsadimiz — har bir inson o‘z orzudagi uyini qurishi uchun zamonaviy texnologiyalarni oddiy va qulay qilish.
— Yangibayev Xurshed XurshedovichMurakkab qurilish jarayonini foydalanuvchi uchun tushunarli qilish.
2D/3D va raqamli vositalardan real amaliy foyda olish.
O‘zbekiston sharoitiga mos xizmatlar va loyihalar ekotizimini yaratish.
Samarqanddan boshlab platformani bosqichma-bosqich kengaytirish.
2D/3D konstruktorni oching yoki tayyor loyihalarni ko‘rib chiqing.